Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasiga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chiyali qishlog‘idagi Navro‘z bayramida qilgan chiqishi videosini joyladi. Ushbu video muxlislar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda. Unda xonandani ko‘rish uchun minglab odamlar tashrif buyurib, sahnani o‘rab olgani aks etgan.

Foto: Skrin / Daryo

Xonandaning muxlislari kinoya bilan “Hatto Maykl Jeksonning ham shuncha muxlisi bo‘lmagani”ni yozib qoldirmoqda.

Darhaqiqat, quyidagi videolarda xonandaning qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lish uchun kelgan son-sanoqsiz muxlislarni ko‘rish mumkin.