Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida balandligi 57 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Mazkur hududda “Navro‘z” nomli saylgoh ochildi va musiqali favvora ham ishga tushirildi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga ko‘ra, bu yer uch oy avval tashlandiq joy bo‘lgan. Saylgohda Wi-fi hududi va kitob mutolaa qilish uchun sharoit yaratilgan.