Namangandagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida 6 tonnali sumalak doshqozonga solindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Tadbir tashkilotchilaridan biri Mavluda Jo‘raboyevaga ko‘ra, 19-mart kuni tongda uvitilgan bug‘doy chiqarib olingan. Tushdan keyin qozon tayyorlanib, sumalak quyish boshlangan, kechki paytga kelib to‘liq qozonga tushib bo‘lgan.
21-mart kuni tungi soat 01.00 da sumalak damlanadi. Soat 9.00 da esa ochiladi va xalqqa tortiq qilinadi.
Tadbirga mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy bosh-qosh bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Namanganda tayyorlanayotgan megasumalak Ginnes rekordlar kitobiga kirishga da’vogarlik qilmoqda.
Izoh (0)