O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi va Coca-Cola O‘zbekiston kompaniyasi yaqinlashib kelayotgan Navro‘z ayyomi munosabati bilan 7 tonnalik rekord darajadagi sumalak tayyorlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

29- va 30-mart kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Central Park, ya’ni Markaziy istirohat bog‘ida musiqiy va ko‘ngilochar dastur tashkil qilinadi. Shuningdek, tajribali oshpazlar tomonidan o‘zbek milliy taomlari tayyorlanadi.