YouTube’dagi AstraAlert kanalida Kamchatka qirg‘og‘i yaqinida, Bering dengizi ustida meteorit portlashi aks etgan videotasvir paydo bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

Foto: “Inosmi.ru”

Avvalroq NASA Kamchatka atrofida “ulkan” meteorit portlagani haqida xabar bergan edi. Ma’lum bo‘lishicha, meteorit 2018-yil 18-dekabrda 25 km balandlikda portlagan.

Videotasvirda meteoritning portlashi va samoviy jismdan qolgan qora tutun izini ko‘rish mumkin.