AQShning Michigan shtatidan bo‘lgan ayol pomidor sababli Burger King xodimlariga hujum qilganidan ikki hafta o‘tib qo‘lga olindi deb yozadi Forum Daily.

Foto: Liovnia Police Department

Ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli Porsha Tayler Michigan shtatining Livoniya shahridagi Burger King’ga kirib, gamburgeridan solinishi kerak bo‘lmagan pomidor chiqqani uchun tovon puli to‘lashni talab qilgan.

“Xodim u bilan hushmuomalik bilan gamburgerni almashtirib berishni taklif qilgan”, — deydi Livoniya shahri politsiyasi Ron Tayg.

Ayol murosa qilishni xohlamagan. Burger King xodimlari unga restoranda ovqatlanish uchun chegirma taklif qilishgan, biroq ayol naqd pul ko‘rinishida kompensatsiya talab qilgan.

Kuzatuv kamerasida yozib olingan video lavhada ayolning baqirib, Burger King xodimlarini tashlanganini ko‘rish mumkin.

Voqeadan ikki hafta o‘tgach, politsiya ayolni qo‘lga olgan.