Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidagi Sho‘raxon OFY hududidagi Remajon opa xonadonida har donasi 40 kg bo‘lgan lavlagilar yetishtirilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Hosil o‘tgan yilgi bo‘lishiga qaramay yaxshi saqlanganki, ko‘rgan odam yangi uzilgan, deb o‘ylaydi.

Remajon opaning aytishicha, o‘tgan yilgi hosil 20 tonnadan oshgan. Bu yil esa undan ham ko‘proq mahsulot olishni rejalashtiryapti.

Foto: O‘zA

Ma’lumot uchun, lavlagilar kuzda yig‘ib olinib, qishda yer taqida saqlanadi. Bahorda esa uning usti ochilib, iste’molga chiqariladi.