Irkutsk viloyatining Angarsk politsiyasi beshta tuyaning diniy marosimda yoqib yuborilishi yuzasidan hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Shahar prokurori Denis Kabatovning ma’lum qilishicha, ish jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli qo‘zg‘atilmagan. Uning so‘zlariga qaraganda, prokuratura IIV qaroriga qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida buryatiyalik shamanlar “Rossiya va uning xalqlarini mustahkamlash uchun” beshta tuyani qurbonlik keltirganligi haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng Angarsk prokuraturasi tekshirish o‘tkazib, IIVdan jinoiy ish qo‘zg‘atish haqidagi masalani ko‘rib chiqishni so‘ragan edi.
Izoh (0)