Rossiyaning Ijevsk shahrida o‘ttiz yoshli ona olti yoshli o‘g‘lini o‘yinchoqlarini yig‘ishtirishdan bosh tortgani uchun 14-qavatning balkonidan osiltirib qo‘ydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ayol o‘g‘lini injiqlik qilgani uchun uyining balkonidan boshini pastga qilib, osiltirib qo‘ygan. Buni ayolning katta o‘g‘li ko‘rib qolgan va yig‘lab, onasidan bunday qilmaslikni so‘ragan.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, ayol avval ham farzandlarini shunday usul bilan tarbiyalashga uringan.
Hozirda ayol ustidan sud-psixiatrik ekspertiza ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)