Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qishloq xo‘jaligi vazirligida soha bo‘yicha o‘zbek—rus ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Rossiya delegatsiyasiga Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin boshchilik qildi. Uchrashuv davomida tomonlar agrosanoat sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi, kelgusi rejalar aniqlandi.

Rossiya tomoni ikki davlat o‘rtasidagi “Yashil yo‘lak”lar qatoriga yana 4 tasi qo‘shilib, ularning umumiy soni 11 taga yetganini ma’lum qildi. Endi soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiriluvi Astraxan, Derjinsk, Sankt-Peterburg va Kolomna punktlarida ham qo‘llaniladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiriluvi jarayonida fitosanitariya nazoratini o‘tkazishni yanada soddalashtirish maqsadida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaror qilindi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish bo‘yicha istiqbolli loyihalardan biri ikki davlat viloyatlarida ulgurji savdo markazlarini tashkil etishdir. Rossiya tomoni O‘zbekistonda tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan markazlarga “Rosagromarkaz”ni intergatsiya qilishga tayyorligi ma’lum qilindi. Bu o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita Rossiyaning ulgurji bozorlariga yetkazishga imkon yaratadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi