Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahar hokimligi va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda shaharda faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shuhrat Turdikulov, mutasaddi idoralar vakillari hamda tumanlarda faoliyat olib borayotgan otinoyilar ishtirok etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Unda otinoyilarning faoliyati, ular zamon bilan hamnafas bo‘lishlari, doimiy ravishda ilmlarini boyitib borishlari va inson ruhiyatini yaxshi tushunishi kerakligi muhokama etildi.

Uchrashuv davomida bir guruh faol otinoyilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida 203 nafar otinoyilar faoliyat yuritmoqda. Har bir otinoyi yashash manzili va uning atrofidagi mahallalarga biriktirilgan. Ularning sa’y-harakati bilan 377 nafar ma’naviy ko‘makka muhtoj ayollarning dunyoqarashi, 313 nafar notinch oilalardagi muhit sog‘lomlashtirildi, 478 nafar ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirishga erishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi
Mahalliy
O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsulotlari import qilinayotgani aytildi
Mahalliy
Besh nafar tuman hokimi ishdan haydaldi, Bobolov jarimaga tortildi: “Daryo”da hokimlar uchun og‘ir kelgan hafta dayjesti