Chexiyada 33 yoshli erkak uyining tomorqasida noqonuniy ravishda saqlanayotgan sherlardan biri tomonidan o‘ldirilgan. Bu haqda “Liga Novosti” xabar berdi.

Foto: ЕРА

Mixal Prasek 2016-yilda erkak sher, o‘tgan yili esa urg‘ochi sherni sotib olgan. U sherlarni Zdekov qishlog‘idagi tomorqasida saqlagan.

Xabar qilinishicha, bu mahalliy aholi o‘rtasida tashvish uyg‘otgan.

Avval ham Prasekga fermer xo‘jaligi qurishga ruxsat berilmagan, oqibatda u noqonuniy hayvonlar saqlagani uchun jarimaga tortilgan.

Biroq u odamlarni uyi hududiga kirishiga ruxsat bermay qo‘yganidan keyin, uning hokimiyat bilan bo‘lgan ziddiyatlari to‘xtab qolgan.

Chexning otasi o‘g‘lining jasadini sherning qafasidan topib, mahalliy ommaviy axborot vositalariga qafas ichkari tomondan qulflanganligini ma’lum qilgan.

Hayvonlar voqea joyida otib tashlangan. Huquqni muhofaza qilish organlari vakili mahalliy OAVga bergan ma’lumotida qotillik “insonning oldiga borish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lganligini aytgan.