• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xitoylik oftalmologlar O‘zbekistonda xayriya aksiyasini o‘tkazdi (foto)

    Shu kunlarda “Guanmin Yunnan” gospitalining beshta yetakchi vrach-oftalmologi va to‘qqizta volontyordan iborat Xitoy delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetmoqda. Ular o‘zlari bilan medikamentlar va tibbiy ashyolar ko‘rinishidagi gumanitar yukni olib kelgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uch kun davomida xitoylik jarrohlar Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Muruvvatda yorishgan olam” xitoy-o‘zbek xayriya aksiyasini o‘tkazdi.

    Tibbiyot fanlari doktori, Toshkent viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori va Toshkent viloyatining bosh oftalmologi Abduvali Nabiyev bu haqda shunday dedi:

    “Xitoylik hamkasblarimiz Toshkent viloyatidagi 106 ta bemorni ko‘rikdan o‘tkazib, kam ta’minlangan oilalardan “katarakta” diagnozi qo‘yilgan 87 ayolni tanlab olishdi. Birinchi kuni 26 ta bemor operatsiya qilindi. Xitoylik oftalmologlarning malakasi yuqori. Mikroxirurgik texnika ham juda yuqori darajada. Aniq va tez ishlashadi. Operatsiyaning ertasi kuni ertalab bog‘ichlarni yechishdi. Bemorlarning hammasi qoniqarli ahvolda. Hammasi ko‘ryapti. Ularning har biriga dorivor tomchilar va malham dorilardan iborat to‘plam berildi”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tibbiy brigadaning o‘ninchi volontyori, ushbu aksiyaning tashkilotchisi, “Xinjiang Asia-Europe International Material Trade Center Co., Ltd” kompaniyasining boshlig‘i Chjan Xunpin bo‘ldi. Xayriya aksiyasini o‘tkazish uchun Chjan Xunpin xonim o‘z shaxsiy mablag‘i hisobidan 1 412 530 yuan (210 592,77 dollar) sarfladi. Bu delegatsiyaning kelishi va transport, dori vositalari va tibbiy jihozlar, professor-oftalmologlar Lyuy Yuyszyan, Li Chuanpu, Duan Yuyven, Lyuy Chanxen va Chjan Yunpin (Lyu Yujian, Li Chuanpu, Duan Yuwen, Lyu Changhen va Zhang Yongping) ish haqlari bilan bog‘liq barcha xarajatlardir. O‘rni kelganda shuni aytib o‘tish joizki, bitta operatsiyaning narxi taxminan 1192 dollarni tashkil qiladi. 87 bemorning har biri uchun bunday operatsiya mutlaqo bepul o‘tkazildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Mendan hattoki Xitoyning o‘zida ham ‘Nahotki Xitoyda katarakta bilan og‘riganlar yo‘q, nima uchun O‘zbekistonga boryapsiz’ deb so‘rashadi.Men ularga, nima xayr-ehsonning millati bormi yoki fuqaroligi, – deb javob beraman. Meni O‘zbekiston bilan ko‘p yillik munosabatlar bog‘lab turadi, bu yerda juda yaxshi do‘stlarim ko‘p. Shu sababli, tan olishim kerak, juda murakkab loyihani tashkillashtirishni o‘z zimmamga oldim, bu loyiha Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ‘Bitta kamar – bitta yo‘l’ tashabbusi konsepsiyasiga ham to‘liq mos keladi. Konsepsiyaning asosiy maqsadi – global loyiha bilan qamrab olingan barcha 60 ta mamlakat aholisining turmush darajasini yaxshilash va farovonligini oshirishdan iborat”- deydi Chjan Xunpin.

    Sanobar Saidova, Kattaqo‘rg‘on, 75 yoshda:

    “Operatsiyadan ham, xitoylik vrachlarning munosabatlaridan ham ko‘nglim to‘ldi. Ko‘rish qobiliyatim asta-sekinlik bilan tiklanishiga ishonaman va umid qilaman, vrachlar bu jarayon birmuncha muddat davom etadi, deb aytishdi”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kimyoxon Rasulova, Yuqori Chirchiq tumani, 55 yoshda:

    “Men yigirma kun avval bitta ko‘zimni operatsiya qildirgandim. Kecha ikkinchisini qilishdi. Hozirgina ko‘zimdan bog‘ichni yechishdi. Ko‘zim ko‘ryapti. Bu 8-martga juda ajoyib sovg‘a bo‘ldi”.

    “Muruvvatda yorishgan olam” xitoy-o‘zbek xayriya aksiyasi Shanxay hamkorlik tashkiloti rahbarligida, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun”  xalqaro xayriya jamg‘armasi tashabbusi bilan, “Xinjiang Asia-Europe International Material Trade Center Co., Ltd” kompaniyasining tashkiliy va moliyaviy ko‘magi ostida o‘tkazildi.

    Baxtiyor Nasimov,

    “Daryo” sharhlovchisi

    06.03.2019, 15:10   Izoh (0)   11138
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda jurnalistlarning davlat tashkilotlaridan ma’lumot olishdagi to‘siqlari bartaraf etiladi

    06.03.2019, 14:47

    Voronej arbitraj sudi Uz-Daewoo dilerini bankrot deb topish to‘g‘risidagi da’voni ko‘rib chiqadi

    06.03.2019, 14:31

    O‘zbekiston ilk marta MDH davlatlari teatr festivalida ishtirok etadi

    06.03.2019, 14:13

    Shavkat Mirziyoyev: Menga do‘st bo‘lishni istasangiz maktabgacha ta’limga e’tibor bering

    06.03.2019, 13:55

    BMT: Inson organlarining noqonuniy aylanmasi yiliga 600 million dollarga baholanmoqda

    06.03.2019, 12:10

    Kuchli tuman sababli Parij va Stanbuldan uchgan samolyotlar Toshkent aeroportiga qo‘nmadi

    06.03.2019, 11:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.