• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Parranda urishtirish milliy o‘yinmi?

    “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh chekka hududlarda keng tarqalgan o‘yin — parranda urishtirish haqida fikr yuritadi.

    Kecha bir murojaat oldim. U jamiyatimizda ko‘zga uncha tashlanmaydigan, ammo ancha dolzarb bo‘lgan bir muammo haqida ekan.
    Assalomu alaykum. Gapni cho‘zmay. Men Andijondan yozyapman. Hozirgi kunda xo‘roz urushtirishga mukkasidan ketganlar juda ko‘payib ketgan va buning auditoriyasi yildan yilga yosharib boryapti. Men qishloq joyda yashayman shu dakan jinnilari o‘zi (bola chaqasi) yemasa yemaydiki, shu dakaniga yaxshi narsalardan yediradi. Xo‘roz urishtirib pul topishni kasb qilib olganlar ham yetarlicha topiladi. Yoshlarni mana shunday ishlar bilan band bo‘lib qolayotgani odamni tashvishlantiryapti.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Yuqoridagi murojaatda Andijon viloyatidagi ahvol yozilibdi. Bizda, Samarqandda ham ahvol xuddi shunaqa. Xo‘roz, kaklik va bedana urishtirishga, ularni urushqoq qilib boqishga qiziqadiganlar, shu ishning jinnilari ko‘p. Eshitishimcha, “katta o‘yinlar” (ya’ni katta pul tikiladiganlari) Samarqand shahrida va uning atrofida ko‘p bo‘lib o‘tadi. Urgutda eshitmaganman-u, Samarqand shahrida it urishtirish ham bor deyishadi.

    Bundan 8–10 yil oldin bir xonadonga kirib qoldim. Qarasam, xonadon egasining oldida yelim paketlarda pista, o‘rik mag‘iz, yong‘oq, yeryong‘oq turibdi. Kuzatib turdim, u o‘sha narsalarning har biridan bir hovuchdan olib, pistani chaqib, mag‘izini alohida qo‘ydi, yeryong‘oqning po‘stlog‘ini tozaladi. Uning ishiga hayron bo‘lib, “bularni nima qilasiz?” desam, u “urushqoq kaklik va bedanalarim bor, o‘shalarga beraman” deb qoldi. Men u odam kaklik va bedanalar jinnisi ekanligini, uyida urishtirish maqsadida kaklik va bedanalar boqishi haqida eshitgan edim. Ammo o‘zi ham yemaydigan, bola-chaqasiga ham yedirmaydigan narsalarni urishtiradigan kaklik va bedanalariga berishini ko‘rib hayron qolganman.

    Keyin surishtirsam, Samarqandda haftada bir “o‘yin”lar bo‘lib o‘tar ekan.

    Men muzofotimizdagi kaklik va bedana urishtirishga qiziqadigan odamlarni kuzatib bir xulosaga kelganman: hech kim e’tibor bermas, bunday odamlarning oilasida muammolar kelib chiqishi juda oson. Sababi, ular urishtiradigan parrandalari yengilsa, buning oqibatida yaxshigina mablag‘ yutqizishsa, yo urishtirish uchun boqayotgan parrandalari o‘lib qolsa, ular bor alamlarini oila a’zolaridan, farzandlaridan oladi. Bunga o‘zim ham guvoh bo‘lganman.

    Bittasini eshitganman, shu “o‘yin”lar ortidan kelib chiqqan janjalda urib o‘ldirishdi. Yana bittasini eshitganman, “o‘yin”larda yutqazib kelib do‘pposlayverganidan xotini uning kaltagi ostida o‘lib ketdi. Yana bittasi hadeb “o‘yin”larda yutqazib kelib, zahrini sochavergani uchun bolalari o‘ta asabiy bo‘lib ulg‘ayishdi.

    Qisqasi, odamlarning parranda va hayvonlarni urishtirishga qiziqishi jamiyat uchun ancha xavfli holat. Agar bu ishlarga yoshlar o‘rtasida qiziqish kuchli bo‘lsa, xavf ikki karra ortadi.

    Yana bir jihati — jonivorlarga asossiz ravishda azob berishni ham na diniy, na axloqiy jihatdan oqlab bo‘lmaydi.

    Shunday ekan bunday ishlarni qanday milliy o‘yinlar deymiz?

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelishi mumkin.

    06.03.2019, 18:34   Izoh (0)   53129
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 11:59

    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi

    Reklama | 4 iyul, 12:00

    Mashhur meksikalik bokschi AQSHda qo‘lga olindi

    Sport | 4 iyul, 11:55

    Gitler haqidagi qo‘shiq tufayli Kanye Uestga Avstraliyaga kirish taqiqlandi

    Musiqa | 4 iyul, 11:51

    Gollivud aktyori Maykl Medsen vafot etdi

    Kino | 4 iyul, 11:34

    Tramp migrantlarga AQSH fermalarida qolishga ruxsat berishini aytdi

    Dunyo | 4 iyul, 11:25

    “Real” sobiq futbolchisi: “Ronaldu klubdagi barchaga iPhone va Apple Watch sovg‘a qilgan edi”

    Sport | 4 iyul, 11:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.