Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turinning “Yuventus” klubi “Benfika” yarim himoyachisi Joau Feliks uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylandi, deb xabar beradi AS.

Foto: The Sun

Foto: The Sun

19 yoshli xavbek turinliklarning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. “Yuventus” futbolchi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor. Aynan mazkur summa uning shartnomasida tovon sifatida ko‘rsatilgan.

“Byankonerilar” sport direktori Fabio Paratichi Feliksga bo‘lgan qiziqishlari haqida “Benfika” rahbariyatiga allaqachon ma’lum qilgan. Ularning uchrashuvida futbolchining agenti Jorje Mendesh ham ishtirok etdi.

Bundan tashqari Feliksga “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Real” va “Atletiko” ham da’vogarlik qilmoqda, biroq futbolchi bilan shartnoma tuzish borasida “Yuventus”da imkoniyatlar yuqori baholanmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi