TATU rektoriga xorijlik maslahatchi tayinlandi
Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti dekani Sirelchuk Nikolayevich TATU rektori maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Texnika fanlari nomzodi, dotsent Sirelchuk Igor Nikolayevich 2019-yilning 1-martidan TATU rektori maslahatchisi lavozimida ish boshlagan.
Igor Sirelchuk 1985−1990-yilda Minsk radiotexnika oliygohini tamomlagan. 2017-yildan hozirgi kunga qadar Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida dekan lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar