“Mars Ekspress” orbital stansiyasida o‘tmishda Qizil sayyorada keng tarqalgan shiddatli daryolar tizimining mavjudligi aniqlangan, deya xabar berdi “BBC.com”. Quruq o‘zanlarni bugungacha Mars vodiysida ko‘rish mumkin.
Sayyoralararo stansiyasi tomonidan olingan fotosuratlarda Mars sayyorasi yuzasida chuqur ajinlar aniq ko‘rinib turgan, bu esa sayyora doim ham toshloq cho‘l bo‘lmaganligidan dalolat.
Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, qadimda Mars atmosferasi ancha qalin va zichroq bo‘lgan. Bu esa sayyoraga quyosh nurlarini saqlab qolish va yuzada doimiy suv oqimlarini saqlash uchun sharoit yaratgan.