Luna laqabli it “Qirol sher” multfilmidagi Simbaning otasi o‘limidan qayg‘uga tushib yig‘lagan sahnadan qattiq ta’sirlangani aks etgan videoni uning egasi Twitter’ga joyladi. Bu haqda Meduza yozmoqda.

“Men bu sahnani doim beparvolik bilan tomosha qilganman, lekin siz bu itga qarang… Yo‘q, men aniq boshqa sayyoradanman”, — deb yozdi itning egasi Josh Mayers.