Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
SamarqandJizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
AndijonNamangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi