3-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 25-turi doirasida navbatdagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.
Turning markaziy o‘yini “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi Unai Emeri boshliq “Arsenal” bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq “shaharliklar” hujumchisi Serxio Aguero Aymerik Lyaport uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, “to‘pchilar” himoyachisi Loran Kosyelni hisobni tenglashtirdi. 1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida (44) Gundo‘g‘an—Rahim Sterling—Aguero triosi hujumi gol bilan yakunlandi. Ushbu golga ham Aguero mualliflik qildi (2:1).
2-bo‘limning 61-daqiqasida Aguero Brend Leno qo‘riqlayotgan darvozaga gol urib, het-trikka erishdi va APLdagi gollari sonini 14 taga yetkazib oldi.
Shu tariqa “Manchester Siti” o‘z maydonida “Arsenal”ni mag‘lubiyatga uchratdi.
APL
25-tur bahslari
3-fevral, yakshanba
“Manchester Siti”—“Arsenal” 3:1
Gol: 1:0 — 1 Aguero, 1:1 — 11 Kosyelni, 2:1 — Aguero, 3:1 — 61 Aguero.“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Otamendi, Lyaport, Fernandinyo, Silva, Gundo‘g‘an, Bernardu Silva, de Bryuyne (Mahrez, 88), Sterling, Aguero (Jezus, 81).
“Arsenal”: Leno, Kosyelni, Monreal, Kolashinats (Suares, 67), Mustafi (Mavropanos, 79), Gunduzi, Torreyra, Ivobi (Remzi, 66), Lixtshtayner, Obameyang, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Torreyra (40), Gundo‘g‘an (65)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)