Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ​o‘tgan mavsumni “Navbahor” safida yakunlagan va ayni vaqtda kimga tegishli ekanligini o‘zi ham bilmayotgan Aziz Turg‘unboyev masalasini o‘rganib chiqadi. Bu haqda PFL rasmiy xabar berdi.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Qayd etilishicha, Turg‘unboyevning PFL ro‘yxatidan o‘tkazilgan va “Navbahor”ga tegishli bo‘lgan shartnomasi 2018-yilning noyabr oyi so‘ngida o‘z kuchini yo‘qotgan.

“Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari 2018-yilning so‘nggi oyida futbolchini PFL ro‘yxatidan o‘tkazishga urinib ko‘rgan, biroq transfer oynasi 17-dekabr sanasida ochilishidan kelib chiqib, PFL har ikki tomon shartnomasini ham qabul qilmagan.

2019-yil 22-yanvar kuni “Paxtakor” Aziz Turg‘unboyev bilan 1-yanvar kuni tuzilgan shartnomani Osiyo Chempionlar Ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga PFLga olib borgan.

28-yanvar kuni esa “Paxtakor” vakillari mazkur shartnomaga imzo qo‘ygan Aziz Turg‘unboyev ayni damda “Navbahor” safida xorij yig‘inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan PFL bosh direktoriga murojaat yo‘llagan.

Keyin esa mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O‘FAning “Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha” qo‘mitaga oshirilib yuborilgan.

PFL xabarida qayd etilishicha, komissiya tez kunlar ichida bu masala yuzasidan ish boshlaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, unda “Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari bosh hamda sport direktorlari, Aziz Turg‘unboyevning o‘zi va masala yuzasidan ma’lumotga ega deya taxmin qilinayotgan boshqa shaxslar ishtirok etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?
Mahalliy
Navoiyda 454 nafar fuqaroning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Dunyo
Politico nashri Zelenskiyni eng nufuzli yevropalik, Putinni esa yilning eng omadsiz odami deb e’lon qildi