Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oxirgi ikki yilda chet elga boruvchi  O‘zbekiston fuqarolarining soni sezilarli darajada ortdi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Foto: Spot

Foto: Spot

Masalan, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 6,8 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda esa 13,8 million kishini tashkil etdi. Xuddi shunday chet eldan tashrif buyuruvchilar ham ikki barobarga ortgan.

MDH davlatlariga ketgan O‘zbekiston fuqarolari 13308,0 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, bu jami tashrif buyurganlarning 96,2 foizini tashkil etadi, uzoq xorijiy davlatlarga esa 530,6 ming kishi (yoki 3,8%) tashrif buyurgan.

Chet elga ketgan fuqarolarning asosiy qismi MDH davlatlaridan Qozog‘istonga 51,6% (7139,8 ming kishi), Qirg‘izistonga 23,1% (3196,8 ming kishi) va Rossiyaga 8,5% (1178,7 ming kishi) tashrif buyurgan. Uzoq xorijiy davlatlardan esa Janubiy Koreyaga (79,7 ming kishi), Xitoy, AQSh, Germaniyaga tashrif buyurgan.

Fuqarolarning asosiy safar maqsadi qarindoshlarni borib ko‘rish — 57,6%, sayyohlik maqsadida — 2,9%, o‘qish maqsadida — 0,8%, davolanish, xizmat yuzasidan — 0,4 foizni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?
Mahalliy
Navoiyda 454 nafar fuqaroning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Dunyo
Politico nashri Zelenskiyni eng nufuzli yevropalik, Putinni esa yilning eng omadsiz odami deb e’lon qildi