So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Jamshid Kenjayevni o‘ldirganlikda gumonlanayotgan Shodali Qilichov: Uni o‘ldirishni xohlamagandik

    22.01.2019, 14:00 119803

    21-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Shodali Qilichov, Saidazim Kamoldinov, Alijon Hamrayev va Jahongir Yorqulovlarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisi boshlandi.

    Foto: Repost

    Foto: Repost

    2018-yilning 8-avgustidan 9-avgustiga o‘tar kechasi, taxminan, soat 00:25 larda Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoshli Jamshid Kenjayev olamdan o‘tgan edi.

    Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda.

    Ish bo‘yicha raislik qiluvchi S. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Shodali Qilichov (1989-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlangan), O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Saidazim Kamoldinov (1994-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlanmagan), Alijon Hamrayev (1982-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlangan) va Jahongir Yorqulov (1992-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoiy ish ko‘rilayotganligini e’lon qildi.

    Foto: Repost

    Foto: Repost

    “Repost.uz” sudlanuvchi Shodali Qilichevning ko‘rsatmalarini keltirib o‘tdi. Quyida uning ko‘rsatmasi to‘lig‘icha e’tiboringizga havola etiladi.

    Biz o‘sha kuni kechqurun ko‘chada ishlayotgandik. Mening vazifam tungi klubga kirayotgan mehmonlarni tekshirish edi. Chetroqda turgandim, shu payt Kenjayev kelib qoldi. U oq shim kiyib olgandi. U yerda klubda anchadan beri ishlayotgan qo‘riqchilar ham turgandi, Jamshid ular bilan so‘rashdi, men uning ismi Jamshid ekanligini keyinroq bildim.

    Eshik oldida Volodya turgandi. U Jamshidni ichkariga kiritmadi. Volodya Jamshidga “Narsalaringni shu yerda qoldir, bizga ishonmasang mashinangga tashlab kir, keyin ovolasan”, dedi. Jamshidning qo‘lida pichoq bor edi. Men unga yaqinlashdim va pichoq bilan ichkariga kirish mumkin emasligini aytdim. Unga “Aka, qo‘lingizdagini tashlab, kirib ketavering, men bu yerga yangi kelganman”, deb aytdim. Shunda Jamshid “Tur, yo‘qol”, dedi. Biz mijozlarga hurmat bilan “siz”lab murojaat qilishimiz kerak.

    Eshik oldida onamning ukasi — tog‘am turgandi. U ham Jamshidga pichoq bilan ichkariga kirish mumkinmasligini aytganida, Jamshid tog‘amga qo‘pollik qilib “Ey, qo‘lingni tort!” dedi.

    Jamshid tog‘amga qo‘l ko‘tardi, tog‘am uni itarib yuborganida Jamshid yiqildi.

    Jamshidni itarishayotganlarida men bunday qilish mumkin emasligini aytdim. U pichog‘ini olib, bizga yaqinlasha boshladi. Keyin tog‘am Sheralining ko‘ksiga pichoq bilan bir marta zarba berdi. U yerda Jamshidning do‘sti ham bor edi. Aniq eslolmayapman…

    O‘sha paytda ahvolim shunaqa ediki, hozir tasvirlab berolmayman. Biz uni o‘ldirishni istamagandik, bunaqa maqsadimiz yo‘q edi. Shunchaki, uni qurolsizlantirmoqchi edik. U yerda mehmonlar, ayollar bor edi.

    Undan pichoqni tashlashini so‘radim, u tashlamadi, battar darg‘azab bo‘ldi. U pichoqni tog‘amning tomog‘iga tiradi, tog‘am “Pichoqni olinglar, pichoqni olinglar” deb takrorlardi.

    Tog‘amning ko‘ksidan qon oqa boshlagandi. Men pichoq bilan 5—6 marta Jamshidning boshiga urdim, shunday qilsam u pichoqni tashlaydi deb o‘ylagandim, lekin u tashlamadi. Uni o‘ldirish hayolimda ham yo‘q edi. U pichoqni tashlamaganini ko‘rib, o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. U jinsi va futbolka edi, usti qon bo‘lib ketdi. Nima qilayotganimni bilmay qoldim.

    Shundan keyin boshqa bolalar yugurib kelishdi, tez yordam chaqirishni aytib baqira boshlashdi. Biz ish vaqtida telefondan foydalanmaganimiz uchun hech kimda telefon yo‘q edi. Shu paytda IIB xodimi kelib qoldi. Biz unga pichoqlarni topshirdik, janjal tugadi. IIB xodimi yostiq olib kelishimizni aytdi, biz yostiqqa Jamshidning boshini qo‘ydik, suv olib kelib, tez yordamni kuta boshladik. Men pichoqni Amir degan bolaga bergandim, u tez yordam chaqirdi. Tez yordam taxminan 35 daqiqalarda keldi. Bungacha IIB xodimi hamma ma’lumotlarni yig‘di.

    Biz Jamshidni o‘ldirishni istamagandik, niyatimiz uni qurolsizlantirib ichkariga kiritish edi. Ichkarida ayollar, chet elliklar bor edi, shuning uchun maqsadimiz Jamshidni qurolsizlantirish edi.

    O‘ldirish hayolimda ham yo‘q edi, lekin ikki oyligimdan meni katta qilgan tog‘amga hujum qilganini ko‘rganimdan keyin o‘zimni tutolmay qoldim.

    Biz qochib ketsak ham bo‘lardi, lekin bu hayolimizga ham kelgani yo‘q. Men marhumning ota-onasi va rafiqasidan kechirim so‘rayman.

    Ma’lumot uchun, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha keyingi sud majlisi 23-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Bugun, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Bugun, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Bugun, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Bugun, 22:25

    Shoygu Ukrainadagi urush 2025-yilgacha davom etishini aytdi

    Bugun, 22:10

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Bugun, 22:10

    Qirg‘izistonda ham non narxi oshdi

    Bugun, 22:00

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    Bugun, 21:43

    Dunyoda vaboga chalinish holatlari ko‘paymoqda: Kasallikdan qanday himoyalanish mumkin?

    Bugun, 20:43

    Afg‘onistonlik ayol o‘simlikdan insultga qarshi dori tayyorladi

    Bugun, 20:25

    Tavsiya etamiz

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?