Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qo‘qon shahrida tug‘ilgan uch egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning ota-onasiga Prezident sovg‘asi – Cobalt avtomashinasi sovg‘a qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qo‘qon shahar Shijoat ko‘chasi 29-uyda yashovchi Jasurbek va Muslimaxon Mamadqulovlar oilasida 2018-yil 22-dekabr kuni uch o‘g‘il egizak dunyoga kelgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Chaqaloqlarning bobosi Bahodir Mamadqulovning aytishicha, egizaklarga Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Chaqaloqlar 2 kg, 2,1 kg va 2,2 kg vaznda tug‘ilgan. Ularning barchasi sog‘lom katta bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda uch egizakka Prezident sharafiga ism berish holati bundan avval Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Toshkent shahrida ham qayd etilgan. Toshkentda tug‘ilgan uch egizakning otasiga ham Prezident sovg‘asi sifatida Cobalt mashinasi topshirilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Maslahatlar
Saratonga qarshi va immunitet uchun foydali: “Xolodes” tayyorlash uchun 5 ta sabab
Dunyo
Dollarning qadrsizlanishi oqibatida oltin narxi oshib bormoqda