Toshkent shahrida tug‘ilgan uch egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning ota-onasiga Prezident sovg‘asi – Cobalt avtomashinasi sovg‘a qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar beradi.
Foto: “Daryo”
Shuningdek, oilaga Prezident sovg‘asi sifatida kolyaska va turli sovg‘a salomlar yetkazildi.
Avvalroq, 18-dekabrda Toshkentda Ruslan Qoryog‘diyev va Mohigul Shoyiqulovalar oilasida uch egizak o‘g‘il farzand dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi.
Chaqaloqlarning ota-onasi egizaklarga Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘ydi.
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda uch egizakka Prezident sharafiga ism berish holati to‘rtinchi bor qayd etilmoqda. Bundan avval Buxoro, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tug‘ilgan uch egizakka ham Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yilgandi.