S&P Global Ratings O‘zbekiston Respublikasi bank sektorining dunyo bo‘ylab va sohaviy xatarlarini baholash (BICRA) tahlilidan so‘ng mamlakatning iqtisodiy xatarlari bahosini “8”dan “7” ga qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
“Hozirgi vaqtda BICRA tasniflashi bo‘yicha mamlakat bank sohasini “8”-guruhga kiritamiz (avval — “9”-guruh). O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi 12 ta bankning reytingi o‘zgarishsiz qolmoqda”, — deya ta’kidlaydi agentlik.
Agentlikka ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti hamon o‘sish bosqichida, bashorat qilinayotgan real iqtisodiy o‘sish 2021-yil oxiriga qadar 5,0 foizni tashkil etadi.
S&P Global Ratings fikricha, O‘zbekistonda operatsion faoliyat yurituvchi banklarning iqtisodiy va sohaviy xatarlari umuman olganda yuqoriligicha qolmoqda.
Izoh (0)