Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan “Madaniyat” mehmonxonasida nazorat olib borilganda ichimlik suvidan foydalanishda kamchiliklar borligi aniqlandi.
Qat’iy talabga ko‘ra, mehmonxonadagi ichimlik suvi quvuridagi “baypast”ga “Toshkent suv ta’minoti” unitar korxonasi tomonidan o‘rnatilgan tamg‘a joyida turishi kerak. Lekin bu yerdagilar tamg‘ani uzib, o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanib kelishgan.
“Toshkent suv ta’minoti” korxonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mehmonxonaning uddaburon xodimlarining mazkur noqonuniy xatti-harakatlari tufayli davlat manfaatlariga 52 million 300 ming so‘mga yaqin moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan. Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, katta miqdordagi pulni o‘z hamyonlarida saqlab qolishni niyat qilishgan. Ammo bu reja amalga oshmadi. Endi mehmonxona mutassaddilari yetkazilgan zararni to‘liq qoplab berishiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)