• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Vaznga ta’sir qiluvchi 5 omil ma’lum bo‘ldi

    Ko‘pchilik ortiqcha vazndan xalos bo‘lish insonning irodasiga bog‘liq deydi, ammo tibbiyot buni aksini ko‘rsatadi, deya xabar qiladi BBC.

    Quyida vaznga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan beshta biz kutmagan omillar keltirib o‘tiladi.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    1. Ichak mikrobiomasi

    Jillian bilan Jeki egizak, biroq biri boshqasidan 41 kg og‘ir.

    Professor Tim Spektor 25 yil davomida egizaklarni o‘rganish bo‘yicha Britaniya umummilliy dasturi doirasida ularning rivojlanishini kuzatib keladi. Professorning aytishicha, ularning vaznidagi farq kichik mikroorganizmlarga, ya’ni ichagimizda yashaydigan mikroblarga bog‘liq.

    “Har safar nimadir iste’mol qilayotganingizda, trillionlab mikroblarni oziqlantirasiz. Hech qachon yolg‘iz ovqatlanyapman deb o‘ylamang,” – deydi professor.

    Opa-singil egizakning ikkalasidan olingan tahlil natijalari biroz ozg‘inroq bo‘lgan Jillianning juda ham xilma-xil ichak florasiga ega ekanligini, Jekida esa ichak mikroblari juda ozligini ko‘rsatdi.

    “Bu xilma-xillik qanchalik ko‘p bo‘lsa, inson shunchalik ozg‘in bo‘ladi. Agar vazningiz juda og‘ir bo‘lsa, bilaveringki, mikroblaringiz har xil emas ekan”, deydi professor Spektor besh ming kishini o‘rganib chiqqach.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Mikrobiomani diversifikatsiya qilish uchun turli xil hujayralarga boy bo‘lgan sog‘lom va turfa xil parhezga amal qilish kerak.

    Professor ta’kidlaganidek, Britaniyaliklarning ko‘pchiligi kerak bo‘lgan hujayraning yarmini iste’mol qiladi.

    Foydali hujayralar manbasi quyidagilar:

    • suli yormasi (ovsyanka)
    • mevalar
    • sabzavotlar, masalan, brokkoli yoki sabzi
    • loviya
    • dukkakli mahsulotlar
    • yong‘oq

    2. Irsiyat

    Nima uchun ba’zi odamlar turli xil parhezlarga qat’iy rioya qiladi, muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadi-yu, ammo sira ozmaydi, qolganlar esa deyarli hech narsa qilmasdan ham qomatini yaxshi holatda saqlaydi?

    Kembrij universitetining olimlari vaznning 40-70 foizini ota-onadan meros qilib olgan geniga bog‘liq deb hisoblaydi.

    “Bu xuddi lotereyaga o‘xshaydi. Agar sizning geningizda nuqson bor bo‘lsa, shubhasiz, semirishingizga sababchi bo‘ladi,” – deydi professor Sadaf Faruki.

    Bu o‘ziga xos genlar ishtahaga, iste’mol qiladigan taomning miqdoriga va xatto qaysi ovqatni afzal ko‘rishimizga ta’sir qiladi. Genlar, shuningdek, organizm kaloriyalarni qanday qabul qilayotgani va tanaga samarali ravishda yog‘ yetkazib berish-bermasligini ham belgilaydi.

    Umuman olganda, vaznga ta’sir qiluvchi genlar, jumladan ochlik hissi va ishtahani boshqaradigan MC4R geni ham, kamida 100 tani tashkil qiladi.

    Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, har ming kishidan birida MC4R geni nuqsonli bo‘ladi, ya’ni bunday gen egalarining qorni tezroq ochib qoladi hamda ko‘proq yog‘li taomlar iste’mol qilishga moyilligi bo‘ladi.

    “Gen borasida hech narsa qilolmaysiz, ammo ba’zi odamlar o‘zlarining genlari ularni semiritirishga moyilligini bilib qo‘yishsa, foydadan holi bo‘lmaydi. Chunki ular buni bilgach, ovqatlanish ratsionini o‘zgartirib, sport bilan shug‘ullanishlari mumkin,” – deydi professor Faruki.

    3. Kechki ovqat dushmanmi?

    “Nonushtani o‘zing ye, tushlikni do‘sting bilan baham ko‘r, kechki ovqatni dushmaningga ber,” degan naqlda qandaydir ma’noda haqiqat bor.

    Ortiqcha vazn muammolari bo‘yicha mutaxassis doktor Jeyms Braunning aytishicha, qanchalik kech ovqatlansak, shunchalik vazn yig‘ish ehtimoli ko‘payadi. Lekin bu tunda faol harakat qilmaslikdan emas, balki ichki soatlar tufayli amalga oshadi.

    “Organizmimiz kaloriyalar bilan kunduzi samaraliroq ishlashga mo‘ljallangan, tunda emas,” – izoh beradi u.

    Aynan shu sabab, navbatchilikda ishlaydigan yoki belgilanmagan soatlarda ishlaydigan odamlar ortiqcha vazn to‘plashga moyil bo‘ladi.

    Kechasi organiz yog‘ va shakarni hazm qilishga qiynaladi, shuning uchun agar ozish istagidagilar kaloriyali mahsulotlarni kechki soat 7 gacha yegani ma’qul.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    “O‘tgan o‘n yil mobaynida, Buyuk Britaniyada o‘rtacha kechki ovqat vaqti 17:00 dan 20:00 gacha etib belgilandi. Natijada og‘ir vaznli odamlarning ko‘payishi boshlandi,” – deydi doktor Braun.

    Ammo hatto bugungi kun tempida ham, ish soatlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, yaxshi qomatga ega bo‘lish uchun nazorat qilishingiz mumkin bo‘lgan narsalar mavjud.

    Doktor Braun aytishicha, nonushtaga faqatgina toster bilan kifoyalanish mumkin emas.

    Nonushtada oqsil, biroz yog‘ va uglevodlar tanavvul qilish kerak, masalan, tuxum va suli yormasidan tayyorlangan bir parcha non. Bu yo‘l bilan siz uzoqroq vaqt o‘zingizni to‘q his qilib yurasiz.

    Tushlik esa ozuqaviy, kechki ovqat yengil bo‘lishi kerak.

    4. Miyani qanday aldash mumkin

    Hukumatning “Behavioral Insights Team” ijtimoiy guruhining aytishicha, britaniyaliklar qancha ovqat yeyishlarini nazorat qilmaydi va natijada qo‘shimcha yeyilayotgan 30-50% kaloriyani sezmaydilar.

    Xulq-atvori fani bo‘yicha mutaxassis Hyugo Xarper qanday qilib har doim kaloriya hisoblab yurmaslik uchun ovqatga bo‘lgan odatlarni o‘zgartirishning bir qancha usullarini taklif qiladi.

    Misol uchun, irodangizning kuchiga tayangandan ko‘ra, ishtahangizni qo‘zg‘ayotgan narsani ko‘zdan nariga olib qo‘yish samaraliroq bo‘ladi.

    Shuning uchun salomatlikka zarar keltiruvchi zakuskalarni oldingizga yoyib qo‘ygandan ko‘ra meva yoki boshqa bir foydaliroq narsa bilan to‘ldirilgan idishni qo‘ying.

    Televizor qarshisiga bir paket pechenye bilan o‘tirmang. O‘zingizga yetadigan miqdorda (eng ko‘pi ikkita) idishga solib oling.

    Doktor Xarper, shuningdek, biror narsani bekor qilishdan ko‘ra, o‘rnini boshqa narsa bilan almashtirishni maslahat beradi, ayniqsa, u siz yoqtiradigan yegulik bo‘lsa past kaloriyali variantni tanlang.

    Masalan, gazlangan ichimliklarning past kaloriyalisini iching. Yoki miqdorini kamaytiring. Bu shokoladli pechenye bilan choy ichish odatidan butunlay voz kechishga urinishindan ancha samaraliroq bo‘ladi.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    “Odamlar portsiyasi 5-10% ga qisqarganini sezmaydilar,” – deydi Xarper.

    Kichik tarelkadan foydalansangiz yoki qadoqdagi normaga amal qilsangiz, kaloriyalarning cheklanmagan miqdorda yutilishiga to‘sqinlik qilishga erishasiz.

    5. Gormonlar

    Bariatrik jarrohlikning muvaffaqiyati shundaki, u nafaqat oshqozonni kichraytiradi, balki keyinchalik gormonal o‘zgarishlarga ham olib keladi.

    Gormonlar ishtahani nazorat qiladi. Shuning uchun shifokorlar bariartrik jarrohlikni semizlikdan xalos bo‘lishning eng samarali usuli deb topdi. Jarrohlik natijasida to‘qlik hissini beruvchi gormonlar ko‘payadi, aksincha, ochlik hissini beruvchilari esa kamayadi.

    Ammo, bu jiddiy operatsiya bo‘lib, u oshqozon hajmini 90% ga qisqartiradi va faqat tana massasining ko‘rsatkichi 35 dan kam bo‘lmaganlar uchun tavsiya etiladi.

    London Imperial kollejining olimlari shu kabi operatsiyadan keyin ishtahani o‘zgartiradigan ichak gormonlarini qayta yaratdi va hozir ular yordamida yangi klinik sinovlar olib borilmoqda.

    Bemorlarga to‘rt hafta davomida har kuni uch gormon aralashmasi inyeksiya tarzida yuboriladi.

    “Bemor ochlik hissini kamroq tuyadi va kamroq ovqat yeydi. 28 kun ichida ikki kilogramdan sakkiz kilogramgacha bo‘lgan vaznni yo‘qotadi,” — deydi Trisha Tan.

    Agar ushbu usul xavfsiz deb topilsa, bemor normal og‘irlikka yetgunga qadar undan foydalanishi rejalashtiriladi.

    13.01.2019, 10:29   Izoh (0)   82352
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiya prezidenti Davos forumida ishtirok etishdan voz kechdi

    12.01.2019, 23:13

    OAV: Ivanka Tramp Jahon banki prezidenti lavozimiga saylanishi mumkin

    12.01.2019, 22:12

    Parijdagi novvoyxonada yuz bergan portlash sabab uch kishi halok bo‘ldi

    12.01.2019, 17:32

    Xitoy politsiyasi hukumatni tanqid qilgan Twitter foydalanuvchilarini ta’qib qilishni boshladi

    12.01.2019, 16:52

    AQShning Pragadagi elchixonasida yong‘in yuz berdi

    12.01.2019, 14:38

    Rossiya hukumati o‘qituvchi va shifokorlarga sovg‘a olishni taqiqlamaydigan bo‘ldi

    12.01.2019, 14:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistondan Tojikistonga 59 ta “inomarka” olib o‘tilib, noqonuniy sotib yuborildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 13:20

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Rossiyaning 4 ta hududiga dron hujumi uyushtirildi (video)

    Dunyo | 3 iyul, 13:10

    Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 30 ming askar yuboradi — Ukraina razvedkasi

    Dunyo | 3 iyul, 13:00

    Rossiyada o‘yinchoq to‘pponcha sabab o‘zbekistonlik yigitga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 12:55

    Yozda “Real”ni tark etadigan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 12:50

    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

    Reklama | 3 iyul, 10:30

    Instagram: Bozorda meva sotgan Munisa Rizayeva, to‘yda tanbeh bergan Otabek Muhammadzohid, Imron va Durdonadan yangilik

    Madaniyat | 3 iyul, 12:49

    O‘zbekistonda aholining uchdan bir qismi kamida bitta bank kreditiga ega

    O‘zbekiston | 3 iyul, 12:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.