Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat banki ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi auditidan muvaffaqiyatli o‘tib, muvofiqlik standartini qo‘lga kiritdi.

ISO 9001:2015 sifat menejmentining ustunligi shundaki, unda faoliyat davomida xavf va qaltisliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan jarayonlar joriy etilgan.

Shuningdek, ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimining asosiy maqsadi iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan tizimdir.

AT “Savdogarbank”i ham o‘z faoliyati davomida bank xizmatlari iste’molchilarning xohish hamda ehtiyojlarini doimiy qondirib borish vazifasini asosiy maqsad sifatida belgilagan.

Mazkur xalqaro standartning joriy qilinishi bankda ish jarayonlarini amalga oshirish mezonlari va mijozlarning bankka bo‘lgan munosabatini tahlil qilib borishga zamin yaratadi. Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirishga omil bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida.