Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Misr parlamenti 2019-yilda mamlakatda aholi tug‘ilish sur’atlarini pasaytirishga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Misr mudofaa va milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Kamol Amir ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Biz tug‘ilishni tartibga solish haqidagi qonun loyihasi ustida ishlayapmiz. Hujjat to‘rt kishi: ota-ona va ikki boladan iborat oilani qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi”, — dedi mansabdor.

Qo‘mita raisining o‘rinbosari Hamdi Baxitga ko‘ra, aholi davlat imkoniyatidan ortiq bo‘lgan yordamni ko‘rsata olmasligini anglashi lozim.

Ma’lumot uchun, Misrda bugungi kunda 97,5 million kishi istiqomat qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 3 mingga yaqinlashdi, yangi silkinishlar qayd etildi
Shou-biznes
Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 
Mahalliy
Namangandagi uyda gaz portlab, 4 kishi tan jarohati oldi