Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Buxoro shahrida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy xizmatchilari uchun 90 oilaga mo‘ljallangan besh qavatli uchta uy foydalanishga topshirildi, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Shu munosabat bilan bayramona tarzda tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, yaqinlari, viloyat va shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zaynobiddin Iminov so‘zga chiqib, yangi turar-joy binolariga ko‘chib o‘tayotgan barchani qutladi.
— Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uylar shinam. Ularda barcha qulayliklar yaratilgan. Yana eng muhim jihati, uylar qiymatining 25 foizi davlat tomonidan boshlang‘ich badal sifatida to‘lab berilgan. Qolaversa, mazkur kvartira bizga uzoq muddatga, yillik 7 foizli ipoteka krediti asosida berilgani biz uchun katta g‘amxo‘rlikdir. To‘g‘risini aytganda bu quvonchli voqeani ko‘pdan beri kutgandik. Olis garnizonlarda, ijaraga olingan kvartiradan kvartiraga ko‘chaverish, rosti oilani qiynab qo‘yar ekan. Bolalarim ham bu orada qancha maktablarni almashtirdi. Endi hayotimiz boshqacha, yanada fayzli va barakali bo‘ladi, — deydi, podpolkovnik Sherali Rahmonov.
Yangi uylar umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim muassasasi qurilgan hududda joylashgan. Bu harbiy xizmatchilarning farzandlari transport vositalaridan foydalanmasdan maktab va bog‘chaga bemalol piyoda qatnashlariga imkon beradi. Buning ustiga uylarning old tarafiga qurilgan bolalar maydonchasi bo‘sh vaqtning mazmunli o‘tishini ta’minlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi