Shu yilning 27-dekabr kuni Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida joylashgan korxona vakillari IIBga murojaat qilib, shu yil 28-noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar No‘g‘ayqo‘rg‘on mahallasida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning omborxonasiga kirib, u yerdan umumiy qiymati 12 800 000 so‘mlik 4 dona isitish qozonlarini o‘g‘irlab ketganliklarini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni korxonaning ishchilari, Angren shahri Nurobod mahallasida yashovchi M.A., Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi D.T. va O‘rtachirchiq tumanida yashovchi A.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)