Markaziy bank esdalik tangalarning 2018-yil 19-dekabrdan amalda bo‘ladigan yangi narxlarini belgiladi.
Yangi narxlarga ko‘ra:
1 ta oltin tanga narxi — 12 900 000 so‘m;1 ta kumush tanga narxi — 243 000 so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Markaziy bank jami 1900 dona oltin va 6900 dona kumush tangani sotuvga qo‘ygandi. Tangalarning og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.
Jismoniy shaxslar tangalarni naqd va naqd bo‘lmagan shaklda, yuridik shaxslar esa faqat pul o‘tkazish yo‘li bilan xarid qilishi mumkin.
Izoh (0)