Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Iskoga Yevropaning bir nechta grand klublari tomonidan qiziqishlar bo‘lmoqda, deb yozadi Tuttosport.

Foto: Google Images

“Manchester Siti”dan tashqari Iskoga yana ikki da’vogar paydo bo‘ldi. Ular — “Yuventus” va “Bavariya”.

Turin klubi ustozi Massimiliano Allegri Iskoni olib kelishga shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lishga intilmoqda. Myunxenliklar esa yozda jamoadan ketadigan Aryen Robben, Frank Riberi va Xames Rodrigesning o‘rniga Iskoni ideal nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Isko 7-dekabr kuni Ispaniya Kubogi doirasida “Melilla”ga qarshi bahsda dublga erishdi.