Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Aytmatov va teatr” xalqaro festival doirasida 13-noyabr kuni  Qirg‘iz drama teatri binosida O‘zbekiston davlat drama teatrining “Jamila” spektakli namoyish etildi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Madaniyat vazirligi

Atoqli qirg‘iz adibi va jamoat arbobi Chingiz aytmatovning 90 yilligi munosabati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahridagi T. Satilganov nomidagi filarmoniya konsert zalida 2018-yilning 12-noyabr kuni soat 11:00 da “Aytmatov jana teatr” (“Aytmatov va teatr”) xalqaro teatr festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Madaniyat vazirligi

Ochilish marosimida Ch. Aytmatov asarlari asosida sahnalashtirilgan teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Foto: Madaniyat vazirligi

Xalqaro festivalda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Rossiya mamlakatlari Ch. Aytmatov asarlari asosida sahnalashtirilgan 19 ta spektakl bilan ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Festival doirasida dastlab Qirg‘iziston Respublikasi M. Rizkulov nomidagi Norin viloyat musiqali akademik drama teatrining “Asrga tatigulik kun” asari asosida sahnalashtirilgan “Man” spektakli bilan boshlab berildi.