Qarshi shahrida 8-sinf o‘quvchisi maktabdagi tahqirlanishlarga chiday olmay o‘z joniga qasd qildi, deb yozadi Repost.
2004-yilda tug‘ilgan bola o‘z uyida osilgan holda topilgan. U “Do‘stlik” mahallasidagi 63-sonli maktab o‘quvchisi edi.
Bolaning otasi o‘g‘li sinfdoshlari va maktabning ba’zi xodimlari tomonidan kamsitilishga chiday olmay maktabga bormay qo‘yganini aytgan.
Xabarda qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.