Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

2018-yilning 22-oktabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar tashqi ishlar vaziri Sulton bin Saad al-Mureyxiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildiBu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: TIV matbuot xizmati /Zafar Yuldashkulov

Foto: TIV matbuot xizmati /Zafar Yuldashkulov

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston–Qatar muloqotini oshirishga, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi munosabatlarni jadallashtirishga tomonlarda o‘zaro qiziqish mavjudligi etirof etildi. O‘zaro tovar aylanmasi muttasil o‘sayotganiga qaramasdan, ta’kidlanganidek, uning hajmlari tomonlarda sezilarli salohiyat borligidan guvohlik beradi. Shu nuqtayi nazardan tashkil etilgan Savdo-iqtisoiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning bu borada muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Mazkur komissiyaning birinchi majlisini 2019-yilning boshida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan bartaraf etish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda