Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Adliya tizimining muhim bo‘g‘inlaridan bo‘lgan davlat notarial idoralari faoliyati ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Shu sababli quyida notariat faoliyatiga oid muhim raqamlar e’lon qilinmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Yaqinda Adliya vazirligi tomonidan davlat notarial idoralarining o‘tgan 9 oy mobaynidagi faoliyati tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, nafaqat notariat tizimidagi, balki butun jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar haqida ayrim xulosalar chiqarish mumkin.

  1. Notariuslar tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 3 192 819 ta notarial harakat amalga oshirildi. Ya’ni o‘tgan yilga nisbatan notarial harakatlar 4,5 foizga kamaygan. Bu aksariyat tashkilotlar tomonidan ishga qabul qilish, pensiya to‘g‘rilash, armiyaga chaqirilgan yoshlar va boshqalardan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxasi talab qilishi bekor qilinganligi bilan bog‘liq.
Demak, davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ko‘plab byurokratik to‘siqlar va fuqarolarning ortiqcha xarajatlari bartaraf etilgan.
  1. Notariuslar tomonidan yil boshidan buyon 17 391 ta sayyor tartibda notarial harakat tasdiqlandi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga o‘sdi.
Ya’ni, notariuslar xalqning ichiga kirib boryapti,uyma-uy yurib notarial harakatlarni tasdiqlamoqda.
  1. Respublika bo‘yicha notarial idora orqali 259 387 ta avtomashina, 108 371 ta uy-joy sotildi. Ya’ni fuqarolar tomonidan uy-joy sotib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 foizga, avtomashina sotib olish 4,3 foizga ko‘paydi.
Ma’lumot uchun:

Eng ko‘p uy-joy va avtomashina Toshkent shahrida sotilgan bo‘lsa, eng kam uy-joy va avtomashina Sirdaryo viloyatida sotildi. Eng kam avtotransport oldi-sotdi shartnomalari Sirdaryo viloyatidagi notariuslar tomonidan (4 857) amalga oshirildi.

  1. Notariuslar tomonidan 144 591 ta notarial harakat bo‘yicha jismoniy shaxslar Soliq kodeksining 331-moddasiga asosan davlat boji to‘lashdan ozod qilindi. Shundan pensiya va nafaqa pullarini olish uchun 87 827 ta ishonchnoma tasdiqlab berildi.
Xulosa qilish mumkinki, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga berilgan imtiyozlarning hajmi va turlari ortgan.
  1. Notariuslar faoliyatidagi eng qiziqarli statistik ma’lumot sifatida er-xotinning umumiy mol-mulkiga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar hamda nikoh shartnomalari tuzishni aytishimiz mumkin. O‘tgan davr davomida notariuslar tomonidan 789 ta mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berildi va 129 ta nikoh shartnomalari rasmiylashtirildi.
Bu raqamlar fuqarolarning oilaviy munosabatlarda ham huquqiy ongi oshib borayotganini ko‘rsatadi.
  1. Respublika bo‘yicha aliment to‘lash haqida atigi 9 ta bitim tasdiqlandi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, notariat instituti fuqarolarga notarial harakatlarni amalga oshirish yo‘lida xizmat ko‘rsatishda davom etadi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini aks ettiruvchi ko‘zgu hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi