Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

19—20-oktabr kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasida 26-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi haqida avvalroq xabar berilgandi. Birozgina avval tur doirasidagi uchta bellashuv yakuniga yetdi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Pastki oltilik jamoalari Superligada qolish uchun kurashni davom ettirmoqda. Jumladan, Olmaliqda AGMK Qarshining “Nasaf” klubini qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Farg‘onada “Neftchi” “Qizilqum”ni mehmon qilib, 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. So‘g‘diyona” esa Jizzaxda “Qo‘qon-1912”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Chempionlik uchun kurashayotgan kuchli oltilik jamoalari ertaga o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Pepsi Superliga

19-oktabr, juma

26-tur bellashuvlari

AGMK—“Nasaf” 0:2

Gollar: 1:0—31 Bobir Abdiholiqov, 2:0—65 Xurshidbek Muxtorov.

“Neftchi”—“Qizilqum” 3:1

Gollar: 0:1—23 penalti Nemanya Yovanovich, 1:1—43 Abdurahmon Abdulhaqov, 2:1—61 Murodbek Bobojonov, 3:1—82 Islombek Karimov.

“So‘g‘diyona”—“Qo‘qon-1912” 1:0

Gol: 1:0—22 Darvidas Sernas.

20-oktabr, shanba

“Navbahor”—“Buxoro” 16:00

“Metallurg”—“Bunyodkor” 16:00

“Paxtakor”—“Lokomotiv” 18:00

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi