15-oktabr kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi Buyuk Britaniya davlat boshkaruvi milliy maktabi (National School of Goverment International) va Buyuk Britaniyaning mamlakatdagi elchixonasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzoladi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar o‘rtasida imzolangan memorandum Adliya vazirligi faoliyatini o‘rganish, baholash va takomillashtirish, xususan:
vazirlik faoliyatini o‘rganish, baholash va takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun qisqa muddatga xalqaro ekspertlar guruhini jalb qilish;
vazirlik imkoniyatlarini baholash, ularni kengaytirish bo‘yicha Harakatlar rejasini tayyorlash;
xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda adliya organlari va muassasalari xodimlarining ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarini amalga oshirishdagi salohiyatini aniqlash maqsadida ular bilan seminar-trening, mahorat darslari o‘tkazish;
adliya sohasidagi ilg‘or amaliyotni o‘rganish uchun adliya organlari va muassasalari xodimlarining Buyuk Britaniyaga safarlarini tashkil etish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)