Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Moliya vazirligi vazir o‘rinbosari lavozimiga kadrlar zahirasini shakllantirish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Bu haqda boshqarma saytiga joylangan xabar asosida Spot xabar bermoqda.

Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

Lavozimga bo‘lgan asosiy talablar va vazifalar:

  • Moliya, iqtisodiyot, soliq va bank yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi);
  • Ingliz va o‘zbek tillarini mukammal bilish (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ma’qullanadi);
  • Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi;
  • Mehnatsevarlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;
  • Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
  • Muomala va muzokara madaniyati;
  • O‘z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati.
Innovatsion g‘oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o‘zgarishlar qila olish qobiliyati, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, xodimlarni tanlash va samarali boshqarish malakasiga ega bo‘lgan kishilar kerak ekanligi ta’kidlanadi.

Xodimlarning oylik maoshi nomzodning joriy ish haqi, malakasi va ish tajribasiga asosan belgilanadi.

Tanlov jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi: 12-oktabrga qadar ishchi guruhi tomonidan CV va yozilgan insholar o‘rganib chiqiladi, 15-oktabr kuni ikkinchi bosqichga o‘tgan nomzodlar bilan o‘zbek va ingliz tillarida suhbat o‘tkaziladi. 16-oktabr kuni ishchi guruh nomzodlarning ballarini to‘plab, har bir nomzodning kuchli va kuchsiz taraflarini muhokama qilib kerakli xodimlarni tanlaydi va 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar