Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Do‘stlarimizdan faoliyatlari davomida bizneslarini rivojlantirish maqsadida turli xil reklama turlarini tanlab ko‘rganliklari haqida ko‘p eshitganmiz.

Aksarlari “foydasiz” bo‘ldi deb reklama qilishni to‘xtatib ko‘yishadi. Buning sababi nimada? Yaxshilab e’tibor berilsa, ular reklama joylashtirishdan oldingi tayyorgarlik vaqtida qator jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yganliklari ravshanlashadi.

Bir o‘ylab ko‘ring, sizning xaridoringiz kim, yoshi nechida, qayerda yashaydi, nimalarga qiziqadi? Xizmatingiz ularga qaysi muammosini yechishda yordam beradi, necha pul berishga tayyor ekanligini o‘rganmasdan qayerga shoshilyapsiz?

Do‘stim, ichki qo‘rquvingiz, marketing va reklama sohasida yetarli bilimga ega emasligingiz to‘g‘ri tanlov qilishingizga to‘sqinlik qilmoqda. Masalan, siz quyidagi “xom hayollar” bilan band bo‘lib qolgansiz:

 

  • Reklama pulini tejasam (umuman ishlatmasam) marra meniki;
  • Mening xaridorim poyezdda yurmaydi;
  • Umrimda bir marta ham reklama qilmaganman;
  • Voy, temir yo‘l vokzallarida reklama joylashtirish mumkinmi? Bilmagan ekanman;
  • Temir yo‘l vokzaliga reklama joylashtirish uchun kimga murojaat qilishni bilmaymanda!

Kuzatuvlarimizdan, ko‘pchilikda yangi reklama turini sinab ko‘rishga bo‘lgan qo‘rquv juda kuchli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sababi “biz” ham el qatori bajarib turgan ishlarni qilishimiz (qaytarishimiz) kerak, “pistonchi” borib reklamasini “falonchi” joyda joylashtiribdi, bor sen ham usha yerda reklamamizni qo‘yib kelgin deb xodimlarimizga buyruq beramiz.

Siz rivojlanishni rosa ham istaysiz-u, lekin yangi reklama turlarini sinab ko‘rishdan qo‘rqasiz.

Do‘stim, 100 foiz hamma narsani bilishingiz shart emas va bu uyatli ham emas. Bunday olib qaralsa, buni hech ham aybli joyi yo‘q.

“Kuyib qolaman” degan qo‘rquv tuyg‘usini yengishda sizga yordam beramiz. Birgalikda ishlab, reklama joylashtirish strategiyasini tuzib chiqamiz. Dizayn tayyorlashda foydali maslahatlar beramiz, reklamani unumdorligini o‘lchaymiz.

Keling, bunday muhim qadamni birgalikda, maslahat qilib, reklama rejasini tuzib chiqaylik. Bizning telefon raqamimiz hali ham o‘sha: (+998 90) 357 57 00.

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar