Nukus shahridagi “Turkiston” marosimlar binosida 2-sentabr kuni O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab ehson dasturxoni yozildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Marosimda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M. Yerniyazov qatnashdi. Birinchi Prezident xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi.
Tadbirda vazirlik va idoralar, keng jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Izoh (0)