Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ucell kompaniyasidan foydali Gigaman tariflari to‘plami bilan yirik korporatsiyalar xodimlari hattoki internet-trafik tugagandan keyin ham onlayn qolishlari mumkin.

Zamonaviy biznes sekin harakatlanishni yoqtirmaydi: ozroq kechiksang, raqobatchilar bozorni egallab oladi.

Biznesingizni rivojlantirish uchun shunchaki aloqada qolishning o‘zi kamlik qiladi, har doim onlayn bo‘lish talab etiladi. Bu borada internet cheksiz imkoniyatlarni taqdim qilmoqda – mijozlar sonining deyarli har kuni oshib borishi bilan bir qatorda, dunyoning istalgan nuqtasida kompaniya hamkorlarini birlashtirish ham mumkin.

O‘z navbatida, hozirgi paytdagi yo‘nalishlarga amal qilgan holda, Ucell mobil operatori har qanday ko‘lamdagi: yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘rta va katta biznes uchun foydali korporativ tariflarning to‘liq to‘plamini, shuningdek mobil internetdan cheksiz foydalanish talab etiladigan yirik korporatsiya xodimlari uchun butunlay yangi Gigaman tariflar tizimini taklif etadi.

Gigaman to‘plamiga bir vaqtda 6 ta tarif rejasi kiritilgan bo‘lib, ular har bir xodimga butun O‘zbekiston bo‘ylab onlayn muloqotda bo‘lishga yordam beradi, shu bilan birga, tariflarning har biriga Ucell sizni manfaatingizni ko‘zlab roumingda qo‘llaniladigan mobil internetni ham qo‘shgan.

Masalan, “5 Giga” tarifiga operator 5 Gb mobil internet, O‘zbekiston bo‘ylab suhbatlashishga 1000 daqiqa, roumingda 50 Mb internet trafik qo‘shgan bo‘lib, bularning hammasi oyiga bor-yo‘g‘i 48 ming so‘m evaziga taklif etilmoqda. Ushbu tarifga ulangan abonentlar korporativ chatlarda gaplashishlari, CRM-tizimdan foydalanishlari va hattoki xorijga xizmat safarlari paytida ham onlayn qolishlari mumkin.

Ucell uchun har bir korporativ mijoz – bu manfaatlari kompaniyanikidan ham ustun qo‘yiladigan hamkordir. Shuning uchun mobil operator butunlay yangicha yo‘ldan bordi: Gigaman tariflarining har biriga belgilangan internet-trafik tugagandan keyin ham internetdan foydalansa bo‘ladi, bunda faqat tezlik cheklanishi mumkin.

Gigaman tizimi doirasida Ucell moslanuvchan tariflarni taklif qiladi, bunda har bir hamkor takdim etilgan xizmatlar optimal to‘plamining o‘ziga mosini tanlab olishi mumkin. Agar sizga ko‘proq trafik va gaplashish uchun daqiqalar kerak bo‘lsa, oyiga 120 ming so‘mga “20 Giga” tarifiga ulanishingiz mumkin. Ushbu tarifda abonentga 20 Gb mobil internet, O‘zbekiston bo‘ylab gaplashish uchun 3000 daqiqa va roumingda 200 Mb taqdim etiladi. 20 Gb trafik tugaganda, internet o‘chmaydi va 64 kbit/s tezlikda ishlaydi. Bunday to‘plam hamkorlar bilan videokonferensiyalar orqali qulay tarzda muloqot qilish, katta hajmli taqdimotlarni internetdan tez yuklab olish va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi kompaniya sahifasiga videolarni yuklash imkonini beradi.

Gigaman tariflar to‘plami rahbarlarga har qanday ish bilan shug‘ullanishlarida, xodimlarga esa vazifalarini maksimal samaradorlik bilan bajarishlarida yordam beradi.

Gigaman tariflar to‘plami haqida batafsil ma’lumotni ucell.uz saytidan yoki

(+99893) 184−09−00 raqami orqali olishingiz mumkin.

O‘tish kodi:

Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *100#

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi