“O‘zbekiston” anjumanlar saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik oqshomi” nomli konsert bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ishtirok etdi.
O‘zbekiston rahbari o‘zbek va tojik xalqlari azaldan yonma-yon yashagani, qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tganini ta’kidladi.
“O‘zbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki shoxi, bir daryoning ikki irmog‘iga o‘xshaydi. Bizning muqaddas dinimiz, yerimiz va suvimiz bir. Quvonchu tashvishlarimiz, taqdirimiz mushtarak. Ajdodlarimizning ezgu an’analarini davom ettirib, xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlashimiz va asrab-avaylashimiz kerak”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining farmoni o‘qib eshittirildi. Emomali Rahmonga “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi.
Tojikiston Prezidenti 18-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, Samarqand shahrini ziyorat qiladi.
Izoh (0)