Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkentning Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubida erkin kurashchi Jamshid Kenjayevning o‘limi bilan tugagan hodisadan so‘ng shahardagi tungi klublar faoliyatida cheklovlar paydo bo‘lgan. Bu haqda bir qator internet-nashrlar xabar bermoqda.

Repost’ning yozishicha, Aurum 898 tungi klubining faoliyati to‘xtatilgan. Hozirgi vaqtda u yerda huquqni muhofaza qilish organlari ish olib bormoqda. Tungi klub peshtoqidan uning nomi olib tashlangan, reklama bannerlari yechib olingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, tungi klub o‘rnida yo bouling, yo sport-sog‘lomlashtirish markazi ochilishi mumkin.

UzNews ma’lumotlariga ko‘ra, Aurum 898 dagi voqeadan so‘ng poytaxtdagi tungi klublarga 23:00 dan keyin ishlamaslik haqida ko‘rsatma berilgan. Nashr muxbirlariga ushbu axborotni The Time, SMI-bar, Cinzano, “7 pyatnits”, One More va boshqa ko‘ngilochar muassasalar va tungi klublar vakillari ham tasdiqlagan.

Ammo ushbu axborotni hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q — tegishli organlar va shahar hokimligi saytida tungi klublar va boshqa ko‘ngilochar muassasalar faoliyatiga nisbatan biror cheklov o‘rnatilgani haqida axborot berilmagan.

Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi Toshkent shahridagi tungi klublar soliqlarni aslida to‘lashi kerak bo‘lganidan bir necha barobar kam to‘layotgani haqida axborot bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi