Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Angliya premyer-ligasida yangi mavsumga start berildi. 2018/19-yilgi mavsumni “Manchester Yunayted” va “Lester” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv ochib berdi. “Old Trafford” mezbonlik qilgan 1-tur uchrashuvida Joze Mourinyo shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Bugun 1-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Tur doirasida 6 uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kunning dastlabki o‘yinida Rafa Benites boshchiligidagi “Nyukasl”, Maurisio Pochettino rahbarligidagi “Tottenhem”ga qarshi kurash olib boradi. Bahsni 16:30 dan boshlab Futbol-TV jonli translyatsiya qilishni boshlaydi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Yangi bosh murabbiy — Mauritsio Sarri boshliq “Chelsi” mehmonda “Haddersfild”ga qarshi kurash olib boradi. O‘yin 19:00 da boshlanishi belgilangan. Mazkur o‘yin ham Futbol-TV tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Yana bir uchrashuvda APLga qaytgan “Vulverhemton” o‘z maydonida “Everton”ni qabul qiladi. Uchrashuvni 21:30 dan boshlab Futbol-TV jonli translyatsiya qilishni boshlaydi.

Angliya premyer-ligasi

1-tur bellashuvlari

11- avgust, shanba

  • “Nyukasl” — “Tottenhem” 16:30 Futbol-TV
  • “Bornmut” — “Kardiff” 19:00
  • “Fulhem” — “Kristal Pelas” 19:00
  • “Haddersfild” — “Chelsi” 19:00 Futbol-TV
  • “Uotford” — “Brayton” 19:00
  • “Vulverhempton” — “Everton” 21:30 Futbol-TV
12-avgust, yakshanba
  • “Liverpul” — “Vest Hem” 17:30
  • “Sauthempton” — “Byornli” 17:30
  • “Arsenal” — “Manchester Siti” 20:00

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Andijonda adliya aralashuvidan so‘ng 174 nafar tibbiyot xodimining kechiktirilgan ta’til pullari undirib berildi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi