Xitoyning Guandun viloyatida yuk mashinasi ishtirokida ro‘y bergan YTHda 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea Xueydun uyezdida sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida sement tashuvchi mashina ag‘darilib ketgan va 2 ta yengil avtomobilni bosib qolgan. Ikki kishi jarohat olgan.
YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)