Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IIB xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan fuqarolarning oila a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbout xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Uchrashuvlarda qidiruvdagi shaxs O‘zbekiston hududidan tashqarida yashiringan bo‘lsa, hech qanday to‘sqinliklarsiz vataniga qaytishi mumkinligi va uning jazosi yengillashtirilishi tushuntirilmoqda.

Xususan, 1977-yili tug‘ilgan angrenlik A.A. va uning turmush o‘rtog‘i 18 yil mobaynida sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan. Toshkent viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari ko‘magida A.A. va uning oila a’zolari O‘zbekistonga qaytib keldi.

A.A. va uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan belgilangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov