Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi katta tergovchilaridan biriga nisbatan — uning ustidan tushgan murojaat asosida — jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: UzNews

Foto: UzNews
Bosh prokuratura tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi katta tergovchisi K. ish yurituvidagi xorijiy korxona ta’sischiligida tashkil etilgan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 47300 AQSh dollarini olganligi holati yuzasidan kelib tushgan murojaatga asosan JKning 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha K.ga Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Bosh prokuratura axborotidan

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (“juda ko‘p miqdorda pora olish”) bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?